Turkmaniston va Oʻzbekiston banklararo hamkorlikni kengaytiradi

    Moliya 1 Mart 2024 912

    Markaziy bankda Turkmanistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda ikki mamlakat banklararo hamkorligi hamda markaziy banklari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

    Oʻz navbatida, Shadurdi Meredov Oʻzbekiston banklarida raqamli texnologiyalar rivojlanganini alohida eʼtirof etdi. Muloqot yakunida tomonlar ikki davlat oʻrtasida banklararo hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.