U diniy muassasalar qachon ochilishiga aniqlik kiritmadi. Taʼkidlanishicha, masjidlarda avvalgidek azon aytilyapti, ammo hozir bu jamoa ibodati uchun emas - hozir hech kim masjidga kiritilmayapti.  Masjiddan kelayotgan azon ovozlari uyda ibodat qilish vaqti kelganligi haqida eslatma boʻlib xizmat qiladi.

Turkmanistonda rasmiylarning koronavirus bilan kasallanish holatlari yoʻqligi toʻgʻrisidagi xabarlariga qaramay, niqob tartibi joriy etilgan, yirik bozor va savdo markazlari sanitariya ishlari uchun yopilgan. Ashxobodda restoran, banket zallari va kafelar bir hafta davomida yopildi va turarjoy binolari kirish joylarida himoya niqoblaridan, dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanishga hamda jamoat joylariga tashrif buyurmaslikka chaqiruvchi eʼlonlar joylashtirildi.