Bu borada tegishli qaror davlat xavfsizlik kengashi yigʻilishi davomida qabul qilingan.
Xabar qilinishicha, Atagarayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan boʻshatilgan.
Uning oʻrniga mayor Dovletgeldi Meredov Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri etib tayinlangan. U bungacha mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmatini boshqargan.
Turkmaniston milliy xavfsizlik vazirligi mamlakatning xavfsizlik va razvedka uchun masʼul bosh xavfsizlik organi hisoblanadi. Davlat xavfsizligini himoya qilish, terrorizmga qarshi kurashish hamda strategik sohalarni nazorat qilish vazirlik vazifalariga kiradi. Ushbu tuzilma Turkmaniston siyosati va kuch blokida muhim rol oʻynaydi.