Lebap viloyatining ba'zi davlat muassasalari Sog‘liqni saqlash vazirligidan 16 iyun sanasidan boshlab ish joyidagi barcha xodimlar tibbiy niqobda bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida xat oldi. Bunday tavsiya kasalxonadagi vaziyat bilan bog‘liqmi yoki JSST missiyasi tashrifiga tayyorgarlikmi, bunisi noma'lum.
Pnevmoniyaning tarqalishi haqidagi xabar Ashxoboddan, xususan, «Gaudan» mittitumanidagi to‘qqizinchi poliklinikadan ham kelmoqda, deyiladi manbada. Ta'kidlanishicha, koronavirus uchun ijobiy test natijasi bir nechta shifokor va hamshiralarda aniqlangan, bemorlar orasida yuqtirganlar ham bor, hammasi nazorat ostida.
Rasmiy Turkmaniston mamlakatda COVID-19 yo‘qligini e'lon qilgandi. JSST missiyasi hali koronavirus bilan bog'liq vaziyatni o‘rganish uchun Ashxabodga tashrif buyurmagan.