Savolga Toyloq tuman FHDYO bo'limi mudirasi Sitora Sadriddinzoda javob berdi.

—  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi. Ya'ni, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. SHuningdek, Oila kodeksining 14-moddasiga binoan, nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo'lajak er-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. 

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, nikoh tuzishga maqsad qilgan fuqarolar ortiqcha tazyiqlarsiz, o'z xohish-irodasini erkin ifoda qilgan holda qonuniy nikohdan o'tishadi. Nikoh tuzilayotgan paytda fukarolarning millati turlicha bo'lganligi uchun boshqa uchinchi shaxslardan rozilik so'rash talab etilmaydi.

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati