“Turon” teatri tanlovi har yili maktab oʻquvchilari orasida oʻtkaziladi

    Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.

    Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.

    Yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.

    Shuningdek, jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkaziladi.

    Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.

    Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” oʻrnatish vazifasi qoʻyildi.

    Yaqinda boʻlib oʻtgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi.

    Tanlov natijasida har bir tumanda oʻziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi.

    “Turon” teatri tanlovi har yili maktab oʻquvchilari orasida oʻtkaziladigan boʻldi. Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.