Bu tadbirda nafaqat jamoaviylik, bir-biriga ishonch va hamkorlik ruhi mustahkamlandi, balki milliy qadriyatlarimiz ham keng namoyon etildi.
Ishtirokchilar xalq oʻyinlari va qiziqarli sinovlarda ishtirok etib, bir-biri bilan yanada yaqinlashdi, quvonchli lahzalar va unutilmas xotiralarga ega boʻldi. Shu orqali yana bir bor aniq boʻldiki, Turonbank nafaqat moliyaviy sohada, balki insonparvarlik va jamoaviy birdamlikda ham yetakchi ekan!
Mahalla bankirlari va yordamchi agentlarining birlashishi – bu xalqqa yaqinlik, aholi ishonchi va mamlakat taraqqiyoti yoʻlidagi muhim qadamdir. Turonbank – xalqqa xizmat qilishda, jamoaviylikda, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda va yangicha gʻoyalarni hayotga tatbiq etishda namuna boʻlib kelayotgan bankdir.
Demak, haqiqiy kuch – birdamlikda! Turonbank jamoasi buni amalda isbotlamoqda!
Reklama