“Tutqunlik” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda taqdirlandi

    Madaniyat 29 Noyabr 2021 1537

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Rashid Malikov rejissyorligida suratga olingan “Tutqunlik” (“Nevolya”) badiiy filmi Rossiyada boʻlib oʻtgan “Volokolamskiy rubej” harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida “Gran-pri” bosh sovrini bilan taqdirlandi, deya xabar beradi Agentlik axborot xizmati.

    Mazkur kinofestival 2004-yildan buyon oʻtkazilib kelinadi. Unda harbiy-vatanparvarlik mavzusida suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar saralab olinadi.

    “Tutkunlik” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, unda Yaqin Sharqdagi urush oʻchogʻidan vatandoshlarimizni qaytarilishi aks ettirilgan. 2019-2020-yillar oʻtkazilgan mazkur “Mehr” operatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan.

    Maʼlumot uchun, “Tutqunlik” kinokartinasi yaqinda Turkiyaning “Korkut Ata” xalqaro kinofestivalida ham ishtirok etib, hakamlar hayʼatining maxsus sovriniga sazovor boʻlgan edi.