“Tutqunlik” filmining syomka jarayonlari boshlandi

    Madaniyat 3 Aprel 2021 1454

    «Oʻzbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Buxoriylar” studiyasi tomonidan “Tutqunlik” dramasining suratga olish ishlari start oldi.

    Film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish boʻyicha 2019-2020-yillarda oʻtkazilgan “Mehr” operatsiyasiga bagʻishlanadi.

    Kinokartinada asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urgʻu beriladi. Yaqin Sharqqa ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur boʻlgan va uni yoʻqotib qoʻygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli oʻspirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.

    Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar boʻyicha rassom Yelena Aitova. Filmda Nigina Anorboyeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov kabi aktyorlar rol ijro etadi, deb xabar beradi «Oʻzbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati.

    Hozirda filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda boʻlib oʻtyapti.