Qayd etilishicha, mazkur taom oʻziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy anʼanalarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. “Tuxum barak“ asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan boʻlib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi.
Geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, sifat va nufuzini saqlab qolish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targʻib qilish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, geografik koʻrsatkich — bu mahsulotning maʼlum bir hududga xosligi va aynan shu hudud omillari bilan bogʻliq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.