Tuxum narxlari bir oyda oʻrtacha 0,4 foizga arzonlashdi

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning aprel oyida tuxum narxlari mart oyiga nisbatan yaʼni, bir oyda oʻrtacha 0,4 % ga arzonlashdi.

    Tuxum narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 4,2 % ga arzonlashgan.

    Tuxum narxlari oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda yaʼni, bir yilda oʻrtacha 0,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.