Tuyalar uchun maxsus svetofor

    Xitoyda tuyalarga moʻljallangan dunyodagi ilk svetofor qoʻllanila boshladi. Xitoyning Gansu viloyatida ishga tushirilgan mazkur svetoforlardan koʻzlangan maqsad odamlar va tuyalar harakatini tartibga solishdan iborat.

    Svetoforning yashil “koʻzi” yonganda tuyalar yoʻlni kesib oʻtadi, qizilida esa sayyohlar.

    Bu yerda sayyohlar eʼtiborini tortadigan eng qiziqarli joy – qumtepalar bilan oʻralgan yarim oy shaklidagi koʻldir.

    Ushbu hududga sayohat qilganlar qumda yurganda yoki qumtepadan oʻtayotganda oyoqlaridan qandaydir tovush eshitilishini aytadi.

    Tuyalardan sayyohlarni qum togʻlarida joylashgan koʻlga eltish uchun foydalaniladi.