Ma'lum bo'lishicha, iste'molda tuzning me'yoridan ortiq bo'lishi qon bosimini oshiribgina qolmay, bir-biriga zanjir kabi ulangan reaksiyani yuzaga keltiradi. Ya'ni: ichaklarlardagi bakteriyalar muvozanatini buzadi, miya shamollashi xavfini oshiradi, neyronlarni ishdan chiqaradi va xotirani susaytiradi, xavotirga tushish hissiyotini kuchaytiradi.
Avvaldan ma'lumki, iste'mol mahsulotlarida tuzning ko'p bo'lishi yurakka va qon tomirlariga zarar yetkazadi. Ayni paytda uning ichki a'zolarni yemiruvchi ta'siri ancha uzoq davom etadi. Sian Szyaotun universitetining tibbiyot ilmiy markazi olimlari o'tkazgan tadqiqot natijalari tarkibida tuz ko'p bo'lishi bilan miya o'rtasida xavfli bog'liqlik borligini ko'rsatdi. Tuzni surunkali ko'p iste'mol qilish oshqozon-ichak yo'lidan to miyagacha zarar yetkazishi mumkin ekan.
Bu gipotezani tekshirish uchun tadqiqotchilar sichqonlar ustida tajriba o'tkazishdi. Ularning bir guruhiga har kuni standart ozuqa, ikkinchi guruhdagilariga esa tarkibida tuz ko'p bo'lgan ovqat berib boshlashdi. Kutilganidek, tuzi ko'p ozuqalar sichqonlarda qon bosimi tez ko'tarilib ketishiga olib kelgan. Olti oydan so'ng ularda yaqqol bezovtalik belgilari ko'payib ketdi.
Keyingi genetik tekshiruvlar shuni ma'lum qildiki, sichqonlar miyasida yallig'lanish belgilari kuchaygan, ular o'ta faollashgan, ayni paytda hujayralarni himoyalovchi genlar faolligi pasayib ketgan.
Xullas olimlar tuzni me'yorida iste'mol qilishni nazorat qilgan holda oshqozon ichak yo'lidagi mikroorganizlar olamini, shu bilan birga miya faoliyatiga chet ta'sirlarning oldini olish zarur degan yakuniy xulosa bildirishgan, deb xabar berdi mk.ru.