Uchrashuvda soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasi qayd etildi. Mintaqalararo hamkorlikning bugungi holati tahlil qilinib, qoʻshimcha choralar belgilab olindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston hamda Tyumen oblasti ishbilarmon doiralari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki mamlakat korxona va tashkilotlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning kuzida oʻtkaziladigan qoʻshma tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.