Yangi O‘zbekistonda demokratik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi zamonaviy sharoitlari oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy muhit, talabalarning ta’lim ehtiyojlari va ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi nuqtayi nazaridan o‘quv jarayonini pedagogik jihatdan boshqariladigan va o‘zini-o‘zi takomillashtiruvchi yangicha tizimni yaratish zarurligini taqozo etmoqda.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlashning boshlang‘ich bosqichi bo‘lajak mutaxassis shaxsini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash jamiyat va davlatning yuqori sifatli oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi oldini olish va oliy ta’lim muassasasiga kiruvchi abituriyentlarning o‘qishni davom ettirishga ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi.
Talabalar va universitet o‘rtasida tyutorlik faoliyati, ta’lim jarayonida qatnashgan boshqa shaxslar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat quyidagi sabablarda o‘z ifodasini topadi:
O‘rganishga ko‘maklashish: Tyutorlar, talabalarga o‘qish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelganda yordam berishadi. Bu, talabalarga ma’lum bir jarayon yoki amaliy mashg‘ulotlarni tushunish orqali o‘rganishga xizmat qiladi.
Mustaqil o‘qish: Tyutorlar, talabalarga o‘zlarini rivojlantirish va bilim olishlarida (talaba o‘zlashtirishda qiynalayotgan fani ustida ko‘proq ishlashga sharoit yaratib berish), yordam berishi mumkin bo‘lgan mustaqil o‘qish jarayonlarini tashkil etish uchun ko‘maklashadi.
Motivatsiya va qo‘llab-quvvatlash: Tyutorlar talabalarni ta’lim olish jarayonidagi ijobiy tomonlarini ochib berishda ham amaliy ham nazariy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, talabaning qobiliyat darajasini oldindan ko‘ra bilish va mazkur yutuqlarni ommaga namoyon etish orqali talabaga qo‘shimcha rag‘bat va energiya bag‘ishlash, talabaning ilmiy va ijtimoiy faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi.
Individual ravishda qo‘llab-quvvatlash: Tyutorlar har bir talabaning o‘ziga xos xususiyatlari (sportga qiziqadigan yoshlarni fakultetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Dekan kubogi”, “Rektor kubogi” hamda “Besh muhim tashabbus” doirasidagi boshqa sport tadbirlarida faol qatnashishini ta’minlash orqali talabaning o‘ziga ishonch tuyg‘usini mustahkamlash, ijtimoiy faollikni yoqtiradigan talabalar bilan ommaviy tadbirlar tashkil etish orqali ularni yanada yuksaltirish)ni ta’minlaydi. Tyutorlik faoliyati, talabalarning o‘zlashtirish va bilim olishini yanada oshirish uchun ularning universitet hayotidagi ishtiroklarini oshirishga ko‘maklashadi. Ular ta’lim olish jarayonida faol ravishda qatnashib, mantiqiy muhokamalar yuritish, savollar berish va shuningdek qiziqishlarini oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, o‘qish bo‘yicha strategiyalarni rivojlantirish orqali talabalar bilan birgalikda ta’lim sohasidagi strategiyalarni rivojlantirish, masalan, darslardagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Tyutorlar talabalarga ilmiy faoliyat yuzasidan maqola yozish, taqdimot tayyorlash va ilmiy materiallarni tahlil qilishda ham yordam berishlari mumkin.
Mazkur sanab o‘tilgan jarayonlar tyutorlik faoliyatining talabalarga ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun muhimligining yaqqol namunasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tyutorlik faoliyati talabalar va ularning universiteti o‘rtasida mustahkam va uzviy munosabatlarni mustahkamlashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi. An’anaviy guruh muhitidan tashqari, tyutorik ta’limga shaxsiy yondashuvni taklif qiladi, akademik tajribani boyitadi va universitet jamoasiga tegishlilik tuyg‘usini rivojlantiradi. Tyutorliklikning ahamiyati ilmiy yordamdan ancha keng tushuncha bo‘lib, u talabalarning ham akademik, ham shaxsan rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga xizmat qiladi.
Tyutorliklikning asosiy vazifalaridan biri – talabalarga individual yordam ko‘rsatish, ularning o‘ziga xos ta’lim ehtiyojlari va muammolarini hal qilishdir. Bundan tashqari, tyutor mavjud muammolarni bartaraf etish va ular yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirish bo‘ladimi, o‘z ish faoliyatida talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Muammolarni bartaraf etish yoki ularga yechim berish orqali talabalarga to‘siqlarni yengib o‘tish va o‘zlarining to‘liq potensiallariga erishish hamda shaxsiy rivojlanishlari uchun yordam beradi.
Shuningdek, tyutorlar talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlikni osonlashtirish, rasmiy ta’lim va individual ta’lim o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga xizmat qiladi. Ko‘pincha murabbiy sifatida tyutorlar talabalarga savollar berishlari, maslahat olishlari va guruhlar doirasidan tashqarida ilmiy qiziqishlarni o‘rganishlari uchun qulay imkoniyat yaratadilar.
Tyutorlik faoliyati akademik yordamdan tashqari, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va muloqot qilish kabi muhim ko‘nikmalarni tarbiyalash orqali talabalarning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Interfaol mashg‘ulotlar va hamkorlikda o‘rganish tajribasi orqali tyutorlar talabalarga mustaqil fikr yuritish, o‘z fikrlarini ishonchli ifoda etish va intellektual nutqda qatnashish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu ko‘nikmalar nafaqat o‘quv jarayonini boyitibgina qolmay, balki talabalarni kelajakdagi kasb va faoliyatida muvaffaqiyatga tayyorlaydi.
Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, tyutor universitet hayotiga moslasha olmayotgan talabalar uchun, ayniqsa, akademik, ijtimoiy yoki shaxsiy muammolarga duch kelganlar uchun eng yaxshi ko‘makchi hisoblanadi. Tyutorlar talabalarga oliy ta’limdagi qiyinchiliklarni yengish va samarali kurash strategiyalarini ishlab chiqishda yordam berib, yo‘l-yo‘riq va dalda beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tyutorlik faoliyati talabalarga ta’lim jarayonini har tomonlama tashkil etilishida ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, tyutor har qanday talaba uchun o‘ziga xos “rivojlanish bo‘yicha yordamchi” vazifasini bajaradi. Talabalarga ko‘maklashish nafaqat talabalarning bilim va ko‘nikmalari sifatini obyektiv baholashga, balki ta’lim jarayonining muvaffaqiyatiga, talabaning mustaqil ta’lim faoliyatini o‘zlashtirishiga hissa qo‘shish imkonini beradi.
Tyutorlik faoliyati talabalar va ularning universiteti o‘rtasida mustahkam va chambarchas munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tyutorlik shaxsiy yordam ko‘rsatish, ta’lim jarayonida mazmunli ishtirokni ta’minlash va muhim ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali akademik tajribani boyitadi hamda universitet jamoasiga tegishlilik hissini oshirishga xizmat qiladi.
Raxmonaliyev Axliddin
Toshkent davlat yuridik
universiteti Xalqaro huquq va
qiyosiy huquqshunoslik
fakulteti tyutori