- Toshkent shahridagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Paxtakor” oʻyingohlarida;
- Namangan shahridagi “Navbahor” oʻyingohida;
- Olmaliq shahridagi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” oʻyingohida.
Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduxakimov boshchiligida tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi.
Xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilarni kuzatib borish uchun chet tillarini mukammal biladigan koʻngilli talabalar jalb etiladi.
Turnirni tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan 14 mlrd 642 mln soʻm ajratilishi belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, U-19 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakatning oʻsmirlar terma jamoalari ishtirok etadi. Oʻzbekiston “A” guruhida Eron, Indoneziya va Kamboja bilan kuch sinashadi.
Mazkur musobaqa oʻz navbatida 2021-yili Indoneziyada boʻladigan U-20 Jahon chempionatiga saralash turniri ham hisoblanadi. Unga koʻra, mezbon Indoneziyadan tashqari yana 4 ta Osiyo davlati Oʻzbekistonda boʻladigan musobaqa yakunida maʼlum boʻladi.