U-20 terma jamoamiz Yamanga qarshi koʻk libosda oʻynaydi

    Shu yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Yamanga qarshi maydonga tushadi.

    Qayd etilishicha, musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv oʻtkazilib, OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yoʻnalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing boʻyicha tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

    Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ertangi bahsda toʻliq koʻk libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

    Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 13-fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:15da Shenchjendagi “Yoshlar futbol bazasi” 1-maydonida start oladi.