Qurʼa natijalariga koʻra, “A” guruhidan Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni), Vyetnam, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi joy oldi. Yaponiya, Qatar, BAA va Suriya esa “B” guruhida oʻzaro bellashadi.
Oʻzbekiston U-23 jamoasi C guruhidan joy oldi. Shuningdek, ushbu kvartetda Janubiy Koreya, Eron va Livan jamoalari nomi qayd etilgan.
“D” guruhida Iroq, Avstraliya, Tailand va Xitoyning U-23 jamoalari kurashadi.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini Livanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Musobaqa 2026-yilning 7-25-yanvar kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi.









