U17: Futbolchilarimiz chorak finalda BAA bilan oʻynaydi

    Sport 11 Aprel 2025 1962

    Saudiya Arabistonida futbol boʻyicha U17 yosh toifasida oʻtkazilayotgan Osiyo kubogining guruh bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq boʻldi.

    Qayd etilishicha, “A” guruhida birinchi oʻrinni egallagan futbolchilarimiz chorak finalda “B” guruhida ikkinchi oʻrinni egallagan BAA termasi bilan raqobatlashadigan boʻldi.

    Mazkur uchrashuv 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida boʻlib oʻtadi.

    Maʼlumot uchun, guruh bosqichida 1-2-oʻrinlarni egallagan jamoalar chorak final bilan bir qatorda joriy yilning noyabr oyida Qatarda oʻtadigan jahon chempionatiga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.