Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasining rasmiy manbasida Bahraynda oʻtkazilishi belgilangan U16 hamda BAA mezbonlik qilishi reja qilingan futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini bekor qilish haqida ham maʼlumot berilgan.

Bunga mazkur chempionatlarda ishtirokchi aʼzo futbol assotsiatsiyalarining Bahrayn, Oʻzbekiston va BAAga parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, pandemiya sharoitida jamoalar tayyorgarligi bilan bogʻliq muammolar tufayli yuborgan soʻrovlari sabab boʻlgan.

“OFK tomonidan yuborilgan rasmiy xatga muvofiq, ushbu masalalar boʻyicha OFK Ijroiya qoʻmitasi tegishli qarorlarni qabul qiladi. Turnirlarning yangi sanalari boʻyicha keyinroq maʼlumot beriladi”, deyiladi OʻFA xabarida.