Unda, Respublika Harbiy prokuraturasi organlari faxriylari, Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy harbiy taʼlim muassasalari, xususan Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari hamda harbiy prokuraturaning yosh prokuror-tergov xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir Bosh prokuror oʻrinbosari-Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Botir Qudratxoʻjayev rahbarligida oʻtkazildi.
Mudofaa vazirining oʻrinbosari Hamdam Qarshiyev, prokuratura organlarini qoʻllab-quvvatlash markazi boshligʻi Botir Kalonov uchrashuvda yoshlarni oʻz fikrlarini bildirib, barcha prokuratura organlari xodimlarini bayram bilan qutladilar.
Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan uchrashuvda faxriylarimiz oʻz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Soʻngra faxriylar va yoshlar “Prokuratura organlari muzeyi” bilan tanishdilar.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda qonunga hurmat, adolat tuygʻusi yanada mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.