14-may kuni Energetika vazirligida Oʻzbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qozogʻiston Energetika vaziri Y.Akkenjenov, Qozogʻiston Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vaziri N.Nurjigitov, Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T.Ibrayev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining yoz mavsumida ham barqaror ishlashini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.
Mazkur tadbirda tomonlar oʻrtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “Qambarota GES-1” qurilishi loyihasining hozirgi holati va suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tegishli bayonnoma imzolandi hamda yaqin kunlarda kelgusi tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda oʻtkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.








