Uch kun mobaynida Chorvoqqa transport harakati cheklanadi

    Transport 5 May 2021 461

    Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan Bektemir–Chirchiq–Gʻazalkent–Chorbogʻ avtomobil yoʻlida maʼlum vaqtlarda transport harakati cheklanadi.

    Xususan,

    6-may kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar Chorbogʻ avtomobil yoʻlining 34—54 kilometrlari oraligʻi;

    7-may kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar Toshkent–Chorbogʻ–Chimyon avtomobil yoʻlining 34—71 kilometrlari oraligʻi;

    8-may kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar Chirchiq shahri–Chirchiq Olimpiya zahiralar kolleji avtomobil yoʻlida transport harakati cheklanadi.