Qayd etilishicha, shu yilning 14-noyabr kuni Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari majlisida ayrim tumanlararo maʼmuriy sudlarga ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi oʻtkazildi.
Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2024-yil 13-noyabrdagi qaroriga muvofiq sudyalik lavozimda boʻlishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan Q. Sultanov, M. Kamalov va A. Imatovlar qasamyod qabul qildi.