Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Pop tumani, Bog' MFY, Istiqbol ko'chasi, 42-uyda yashovchi fuqaro A.Qazaqboevning Namangan viloyat “Namvilerloyiha” bo'linmasi tomonidan 2021 yil iyulgacha bo'lgan oxirgi uch oylik ish haqlari to'lanmaganligidan noroziligi to'g'risida Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.
O'rganish jarayonida murojaat muallifi A.Qazaqboevni ish haqidan haqdorligi aniqlandi. Vaholanki, Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq to'lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo'lishi mumkin emasligi belgilangan.
SHuningdek, Mehnat kodeksining 154-moddasida ish beruvchi o'zining moliyaviy holatidan qat'i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko'rsatilgan muddatlarda to'lashi shartligi ko'rsatib o'tilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi “Ish haqi o'z vaqtida to'lanishiga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 88-son qarorining 3-bandida mulkchilik shakllaridan qat'i nazar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqini o'z vaqtida va to'liq to'lanishi uchun shaxsan javobgar ekanligi ko'rsatilgan.
Murojaatni o'rganish yakuni yuzasidan Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 16 sentyabr` kuni “O'zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Namangan viloyat “Namvilerloyiha” bo'linmasiga taqdimnoma kiritilib, fuqaroga yanvar` oyidan avgust oyigacha to'lanmagan 15 845 000 so'm miqdordagi ish haqi to'lab berilishi ta'minlandi.
Azizbek YODGAROV,
Namangan viloyat adliya boshqarmasining bo'lim boshlig'i









