Uchrashuvda hokim bozor hududida tadbirkorlik qilib kelayotgan fuqarolar, shuningdek, majmua ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi.
Mazkur bozor faoliyati shu yilning 17-avgustidan qayta boshlashini maʼlum qilindi.
Avval xabar qilganimizdek, shu yilning 11-avgust kuni “Uch qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi” MCHJda yongʻin kelib chiqqandi.
Yongʻin oqibatida A blokdagi 78 ta tadbirkor (106 ta doʻkon), S blokdagi 11 ta tadbirkor (19 ta doʻkon) va Ye blokdagi 48 ta tadbirkor (56 ta doʻkon), jami 137 ta tadbirkor (181 ta tadbirkor doʻkoni va 76 ta boʻsh doʻkon) yongʻindan zarar koʻrgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, moddiy zarar 74 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Toshkent viloyati prokurori Azamat Mirzayevning maʼlum qilishicha, holat tafsilotlarini aniqlash, huquqiy baho berish maqsadida 40 nafar tergovchilar guruhi jalb etilgan va bozor hududida sayyor shtab tartibida tezkorlik surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 12-13-avgust kunlari tuman hokimi boshchiligida Jamiyat maʼmuriyati tomonidan yongʻin oqibatida jabrlangan 165 ta tadbirkorlik subyektini qoʻllab-quvvatlash va faoliyatini davom ettirishlari uchun bozor hududida 63 ta boʻsh turgan doʻkon, 125 nafar tadbirkorlik subyektiga 2 oy muddatga ijara toʻlovisiz ajratib berildi va joylashtirildi.
Suhbat chogʻida Zoyir Mirzayev bozorning kelgusi faoliyati xususida Toshkent metropoliteni qaror qabul qilishi tadbirkorlarga tushuntirildi. Maʼlum boʻlishicha, 2026-yil 1-martdan boshlab bu yerda metropoliten uchun zarur infrastruktura obyekti qurilishi boshlanadi.
Bu haqda metropoliten rahbari Rahmonbek Usmonovning telefon orqali bergan izohi Zoyir Mirzayev tomonidan tadbirkorlarga yetkazildi.
Toshkent viloyati hokimligi tadbirkorlarning kelgusi faoliyatlari uchun savdo-sanoat palatasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligini, ochiq muloqotga har doim tayyorligini bildirdi.









