Uch tomonlama memorandum imzolandi

    Voqea-hodisalar 18 Yanvar 2025 154

    Bugun Germaniya Federativ Respublikasining “SBH WEST GmbH” ta’lim va hunarmandchilik fondi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi o‘rtasidaAnglashuv memorandumi imzolandi.

    Migratsiya agentligida o‘tgan tadbirdaSBH WEST GmbHfondi boshqaruvchi direktori Peter Niemann, Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Matlab KuranovvaVatanparvartashkiloti Markaziy kengashi raisi HusanBotirov tomonidan imzolangan uch tomonlamamemorandumning maqsadi O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiq yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha professional haydovchilar tayyorlanib, ularningGermaniya mehnat bozorida vaqtincha faoliyatyuritishlarini ta’minlashdan iboratdir.

    Memorandum shartlariga ko‘ra, Germaniyada ishlashistagida bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarVatanparvartashkiloti o‘quv muassasalarida yuk va yo‘lovchi tashishhaydovchiligi bo‘yicha o‘qitiladi. Haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritgan nomzodlarni SBH WESTGmbH fondi tomonidan tanlangan vakillar va ish beruvchi kompaniyalar amaliy imtihondan o‘tkazadi.Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan haydovchilarga tegishlisertifikatlar topshiriladi. Nomzodlardan nemis tilinimuloqot qila olish darajasida bilishlari talab etiladi.

    Bundan bir necha kun avvalSBH WEST GmbHta’lim va hunarmandchilik fondi boshqaruvchi direktoriPeter Niemann boshchiligidagi delegatsiya Andijonviloyatining Bo‘ston tumanida bo‘lib, u yerda joylashganVatanparvartashkiloti O‘quv sport texnika klubiningavtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlashkursi o‘quv moddiy texnik negizi bilan tanishgan vakeyingi kuni tashkilot Markaziy kengashi raisi HusanBotirov bilan uchrashgan edi.

    Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning sentabr oyidaVatanparvartashkiloti Markaziy kengashi va Tashqimehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida hamkorlikmemorandumi imzolangan bo‘lib, ushbumemorandumning asosiy maqsadi xorijda vaqtinchalikmehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lganmamlakatimiz fuqarolarini shartnoma asosida xorijiymehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar bo‘yichao‘qitish hisoblanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi mudofaasigako‘maklashuvchi
    Vatanparvartashkiloti Matbuot xizmati