Uch yil oldin Surxondaryoda elektr generatsiyasi bor-yoʻgʻi 30 megavatt boʻlgan

    Hukumat 17 Noyabr 2023 656

    Bu borada 165 million dollar investitsiya evaziga “Toʻpalang” GESni modernizatsiya qilish, “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarini ishga tushirish orqali quvvatlar 251 megavattga yetkazildi. Ularga qoʻshimcha yana bir loyiha – “Zarchob-3” GES qurilishi ham boshlanayapti.

    Bu hali boshlanishi, dedi Prezident. Toʻpalang daryosining yuqori oqimida umumiy quvvati 265 megavatt boʻlgan yana 20 ta GES qurish imkoniyati bor.

    Shu bilan birga, 1 milliondan ortiq voha aholisi uchun toza ichimlik suvi orzu boʻlib kelayotgandi. Qanchalik qiyin boʻlmasin, “Toʻpalang” suv omboridan Termiz shahri va 11 ta tumanga toza ichimlik suvi olib kelinayapti. Mazkur loyiha toʻliq ishga tushgach, 2 million aholida tunu-kun toza ichimlik suvi boʻladi.