Toshkentdan Xitoy poytaxtiga muntazam havo qatnovlari COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Toshkent – Pekin – Toshkent havo qatnovlari haftaning seshanba kunlari amalga oshiriladi. Aviakompaniya joriy yilning fevral oyidan aviaqatnovlarni haftada ikki marotaba bajarishni rejalashtirgan.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yoʻlovchilarga Pekinga borishlari uchun quyidagi talablarni eslatib oʻtgan:

-viza (mehnat, taʼlim, sayohat va boshqalar);

-Xitoyga borishdan 48 soat oldin COVID-19 testidan oʻtish, test salbiy boʻlishi kerak – bu Xitoyga kirishning yagona talabidir.