Oʻzbek adabiyoti hayotida yangi oʻzgarishlar kutilyapti.
Uch yuz jilddan iborat “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan”, ikki yuz jilddan iborat “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” nomli toʻplamlarning nashr etiladi. Shuningdek, kelgusi yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 90 yilligini keng nishonlash rejalashtirilyapti.
Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan “Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizni yanada ommalashtirish” boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan 300 jilddan iborat nashr etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlandi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida 300 jilddan iborat “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” nomli asarlar toʻplamini nashr etish borasidagi maqsad-vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bir guruh ijodkorlar ishtirokidagi muzokarada ushbu muhim vazifalar ijrosini taʼminlashga eʼtibor qaratildi.
Ayni damda Fanlar akademiyasi hamda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 300 jildning roʻyxati shakllantirildi va bu ishchi guruh aʼzolariga maʼlum qilindi. Ijodkorlar adiblar va asarlar tartibi boʻyicha oʻzlarining taklif-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, kelgusi yil – 1924-yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 90 yilligi nishonlanadi. Mazkur sanani nishonlash yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.