“Uchar” haydovchi jarimaga tortildi

    82 marotaba tezlikni oshirishgan qoidabuzardan qariyb 35 million soʻm miqdorda jarima undirildi.

    Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

    Qoida buzar oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Honda Elysion” rusumli avtotransport mashinasida 82 marotaba tezlikni meʼyoridan oshirib, yoʻl harakati qoidalarini buzgan.

    IIB YXHB organlari qarorlariga asosan qoidabuzardan jami 82 ta qoidabuzarliklari uchun 33.066.690 soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qarzdorliklari undirildi.

    Hurmatli haydovchilar, sizlar ham yuqoridagidek holatga tushishni istamasangiz belgilangan yoʻl harakati qoidalariga amal qilishni unutmang, — deyiladi xabarda.