Denov tumanida yashovchi imkoniyati cheklangan 41 nafar yoshlarning holidan yana bir bor xabar olindi.
Shundan so'ng institut rektori tomonidan yoshlarni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha o'rganib chiqildi va biriktilgan A.Jomiy mahallasidagi yoshlarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqib 1 dona televizor, 2 dona Nautbuk 6 dona tikuv mashinasi, 3 dona elektr pechlari, va ko'plab qimmatbaho sovg'alar to'plami topshirildi.
Shuningdek, qolgan yoshlarning ham qiziqishlari va imkoniyatlari atroflicha o'rganib chiqilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi.