Uchko'prikda "Damas" haydovchisi piyodaning umriga zomin bo'ldi

    Tashvishli xabar 10 Iyun 2020 1770

    Qatnov qismini piyoda kesib o'tayotgan T.N.ni urib yuborishi oqibatida T.N. hodisa joyida vafot etgan.

    Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumanida 7 iyun` kuni fuqaro F.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Begmurod qishlog'i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o'tayotgan T.N.ni urib yuborishi oqibatida T.N. hodisa joyida vafot etgan.

    Holat yuzasidan Uchko'prik tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Farg'ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, ulardan yo'l harakati qoidalarini buzmasliklni so'rab qoladi, deyiladi viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabarida.