Qaror bilan, yengil sanoat sohasi salohiyatini yana-da oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, olib borilayotgan islohotlarga va zamon talabiga toʻliq javob beradigan yengil sanoat markazini tashkil etish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi va “Mikrokreditbank” ATB taklifi asosida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi tashkil etish belgilandi.
15 gektar maydonda barpo etiladigan yangi kompleksda ishlab chiqarish sexlari, savdo doʻkonlari, logistika markazi, kichik savdo rastalari va qoʻshimcha xizmat koʻrsatish maskanlari tashkil qilinadi.
Yirik va zamonaviy yengil sanoat majmuasida 2 ta logistika markazi, 212 ta ishlab chiqarish sexlari, 336 ta savdo doʻkoni, 560 ta kichik savdo rastalari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi foydalanishga topshirilishi natijasida ishlab chiqarish, savdo, xizmat koʻrsatish va logistika yoʻnalishlarida 7 ming 700 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi, deya xabar beradi Uchkoʻprik tumani hokimligi matbuot xizmati.