Uchqoʻrgʻonlik ota 2026-yilga qadar aliment toʻlovni oldindan toʻladi

    Majburiy ijro byurosi Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan tushuntirishlardan soʻng ota farzandi alimenti uchun bir yoʻla 5 yilligini oldindan toʻlab berdi.

    Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2020-yil 19-iyundagi qaroriga koʻra, qarzdor Gʻaybullayev Dilshoddan undiruvchi Ismoilova Zilola foydasiga 1 nafar farzandi uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

    Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilib, aliment undirib berilayotgan edi. Oʻz oʻrnida otaga amaldagi tartibga koʻra oldindan 5 yilligini yoki farzandi voyaga yetgunga qadar toʻlashi tushuntirilgan.

    Fuqaro Dilshod Gʻaybullayev esa oʻz farzandi uchun oldindan besh yillik aliment pulini hisoblab berishni soʻrab murojaat etdi. Davlat ijrochisi tomonidan ushbu muddat hisob-kitob qilinganda 45.343.000 soʻmni tashkil etdi va moddiy taʼminot uchun ushbu summani toʻlab berdi.

    Rahimjon Ismatullayev,

    MIB Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari