Mazkur Qarorda olis choʻl hududida kamida uch yildan ortiq yashagan shaxslar oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.
Maʼlum boʻlishicha, oʻrganishlar mobaynida esa Uchquduq tuman hokimining sobiq oʻrinbosari va boshqalar choʻl hududida joylashgan “Yoʻlchilar”, “Koʻkpatas” va “Koʻkayaz” MFYlarida uch yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ularning ushbu muddatda qayd etilgan mahallalarda yashaganligi toʻgʻrisida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berib, shundan 25 nafarini oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga kirishiga sababchi boʻlgani aniqlandi.
Natijada davlat va fuqarolarning huquqlari, qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan. Shuningdek, ushbu talabalarning grant asosida oʻqishi uchun amalda 650 mln. soʻm byudjet mablagʻlarining sarflanishiga sababchi boʻlib, davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar hamda prokuratura idoralari oʻtkazgan qoʻshimcha oʻrganishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturaci tomonidan Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.