Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchquduq tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Akbaget” ovulida “O'ztelekom” operatori uchun bazaviy stantsiya qurilishi bo'yicha viloyat “YAgona buyurtmachi xizmati injiniring” kompaniyasi va “K.P.” xususiy korxonasi o'rtasida tuzilgan shartnoma bo'yicha bajarilgan va qabul qilib olingan ishlar nazorat o'lchovidan o'tkazilganda, ushbu korxonalar mas'ul shaxslari amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarga qo'shib yozish orqali jami 307,5 mln so'mni o'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.