Uchquduqda sodir boʻlgan YTHda 2 ayol vafot etgan

    Xavfsizlik 23 Sentabr 2020 1430

    Navoiy viloyati Uchquduq tumanida kuni kecha ayanchli yakun topgan YTH sodir boʻlgan.

    Soat 17:00 da Uchquduq tumani hududidan oʻtgan A-379 yoʻlining 282 kilometrida “Uchquduq- Navoiy” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketishi oqibatida ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl- transport hodisasini sodir etgan.

    Natijada “Nexia” avtomashinasida boʻlgan 26 yoshli va 57 yoshli yoʻlovchilar (ularning har ikkalasi ham ayol kishi) hodisa joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yoʻlovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.