Uchta uyushma raislari o'zgardi

    Dolzarb 18 Mart 2024 2190

    Uchalasi ham o'z arizasiga ko'ra lavozimidan ozod etilgan.

    «O'zcharmsanoat» uyushmasi raisi F.Boboev o'z arizasiga ko'ra lavozimidan ozod etildi va rais vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib rais o'rinbosari F.Nurmuxamedov tayinlandi.

    Shuningdek, «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi raisi bo'lib ishlagan I.Xaydarov ham o'z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi va uning o'rniga raisning birinchi o'rinbosari M.Sultanov tayinlandi.

    Bundan tashqari, «Gul etishtiruvchilar uyushmasi» raisi A.Musaboev ham o'z arizasiga ko'ra lavozimidan ozod qilindi. Xabar berilishicha, Musaboevning o'rniga vaqtincha rais vazifasini bajarish Sh.Nuritdinov zimmasiga yuklatilgan.