"O'ztemiryo'lyo'lovchi" Toshkentdan uchta yo'nalish bo'yicha qo'shimcha qatnovlar qo'yilishini ma'lum qildi. 10 iyul kuni 780/779-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent yo'nalishida «Afrosiyob» elektropoezdining qo'shimcha 1 ta reys harakati quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.
780-sonli Toshkent-Qarshi yo'nalishi
- Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
779-sonli Qarshi-Toshkent yo'nalishi
- Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
7 iyul kunidan 10 iyul kunigacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo'nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo'shimcha qatnovi quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli Samarqand-Toshkent yo'nalishi
- Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli Toshkent-Samarqand yo'nalishi
- Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Shuningdek, Toshkent-Xiva-Toshkent yo'nalishida qo'shimcha 2 reysga qatnovlar yo'lga qo'yilib, quyidagi jadval asosida harakatlanadi.
7, 9 iyul kunlari 156-sonli Toshkent-Xiva yo'nalishi:
- Toshkent 16:28 — Xiva 7:10;
8, 10 iyul kunlari 155-sonli Xiva-Toshkent yo'nalishi:
- Xiva 8:28 — Toshkent 00:30.
«O'ztemiryo'lyo'lovchi» qatnovlar haqida batafsil ma'lumotlarni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan olish mumkinligini ma'lum qilgan. Poyezdlarga chiptalarni temir yo'l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn olish mumkin bo'ladi.