Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “К.Ч.” va "B." mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi “A.K.” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022-yildan 01.07.2024 yilga qadar aholidan yigʻilgan jami 1,6 mlrd soʻm mablagʻlarni sarflanganligi haqidagi chek, schyot-faktura, yoʻl varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmaganligi, shuningdek MChJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 mln soʻmni naqd koʻrinishda olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.