Uchuvchisiz uchish qurilmasi toʻxtatib qolindi

    Xavfsizlik 25 Fevral 2021 849

    Navoiy xalqaro aeroportiga “Moskva-Navoiy” yoʻnalishidagi yoʻlovchi avireys bilan uchib kelgan fuqaro E.O “Navoiy aeroporti” chegara bojxona postining kirish yoʻnalishida “yashil” yoʻlak orqali harakatlanib kelayotganda bojxona organlarining eʼtiborini tortadi.

    Shundan soʻng bojxona xodimlari fuqaro E.Oning qoʻl yuki va bagajlarini belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazganida tegishli hujjatlari boʻlmagan hamda bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona “uchuvchisiz uchish qurilmasi”(dron) borligi aniqlandi va vaqtincha saqlovga olindi.

    Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan, uchuvchisiz uchish aparatlarini Respublika hududiga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.