“Oq-oltin” mahallasidagi “Ziyoda-200” (nomi o'zgartirilgan) fermer ho'jaligi rahbari B.U va “A.Navoiy” mahallasidagi “Abdinabi xayoti” fermer xo'jaligi rahbari A.T.lar o'zining er maydonidagi ekinlarini so'g'orishda suv nasosidan foydalangan.
Biroq bu har ikkala xo'jalik rahbarlari o'ziga tegishli bo'lgan suv nasosini elekr tarmog'iga hisoblagichdan tashqari to'g'ridan-to'g'ri, o'zboshimchalik bilan ulab, energiya resurslarini talon-toroj qilgan.
eslatib o'tmoqchiman, muhtaram Prezidentimiz rahbarlarligida mamlakatda pandimiya bilan bog'liq vaziyatni yaxshilash, davlat iqtisodyotini barqarorligini ta'minlashga qaratilgan samarali tadbirlar amalga oshirilayotgan bir paytda halqimiz orasida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan bunday kimsalar ham borligi ma'lum bo'ldi.
Ushbu noqonuniy holat bo'yicha hozirda ta'minotchi korxona manfaatiga etkazilgan zarar aniqlanmoqda.