Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Ipak Yoʻli” AITB Chilonzor filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.T. (muqaddam sudlangan), N.O., va A.Sh. ushbu bank filialiga tegishli bankomatdan jami 28 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni milliy valyuta soʻmga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.