UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevga 3 xonali uy sovg‘a qilindi

    Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Nursulton Ro‘ziboyevga UFCdagi g‘alabasi munosabati bilan 3 xonali uy sovg‘a qildi.

    “Doim jangda yutib kelsam, e’tibordan chetda qoldirmaydi. Bu safar mana uy sovg‘a qildi. Prezidentimizga va hokimimizga rahmat”, — deydi Nursulton Ro‘ziboyev.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 iyul kuni Nursulton Ro‘ziboyev UFC Vegas 76 turnirida braziliyalik tajribali raqibini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgandi.