UFC ning engil vazn toifasidagi so'zsiz chempioni Xabib Nurmagomedov 24 oktyabr` kuni tashkilotning muvaqqat chempioni amerikalik Jastin Gajiga qarshi yakkama-yakka jangga chiqadi. Bu haqda UFC rahbari Deyna Uayt CNN ga tayangan holda Tengrinew.kz ga xabar berdi. “Jang bo'lib o'tadi. 24 oktyabrda Habibga qarshi Gatji. So'nggi paytlarda Xabibga otasining vafoti tufayli og'ir bo'layotgan edi. Otasi uning uchun qahramon edi. Ular juda yaqin aloqada bo'lishgan”, dedi u.

Jang joyi ko'rsatilmagan.

Avvalroq Habib Nurmagomedov 19 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC 253, turnirida ishtirok etmasligi ma'lum qilingan edi. Ushbu turnirda Rossiyalikning Gatjiga qarshi kurashi rejalashtirilgan, ammo otasining o'limi tufayli Habib ishtirok etishdan bosh tortgandi.

Nurmagomedov – engil vaznda amaldagi UFC chempioni; 31 yoshli rossiyalik 28 jangda 28 g'alaba qozongan.