Uganda: yo'l-transport hodisasi oqibatida kamida 15 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Ugandada yuk mashinasi ag'darilib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo'ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib mahalliy Monitor nashri xabar berdi.

    Hodisa Namilyango qishlog'ida sodir bo'ldi, deb xabar beradi report.az.

    “Shaxsi aniqlanmagan haydovchi qiyalikda boshqaruvni yo'qotib qo'yishi tufayli transport vositasi ag'darilib ketgan, oqibatda 15 kishi halok bo'ldi, ulardan 11 nafari voqea joyida vafot etdi”, dedi politsiya vakili.

    Mahalliy kasaba uyushmasi rahbari Frenk Muyimbvaning aytishicha, yuk mashinasida 55 savdogar bo'lgan.