Ukasiga er berilganidan norozi ayol o'zi va farzandlarining joniga qasd qildi

    Tashvishli xabar 31 Oktabr 2020 1018

    Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26 oktyabr` kuni Namangan viloyati YAngiqo'rg'on tumanida joylashgan «eski er» suv omboridan 3 nafar odam jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqaldi, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

    Xabarda aniqlik kiritilishicha, 2020 yil 26 oktyabr` kuni soat 17-00 larda YAngiqo'rg'on tumani, Navkent mahallasida yashovchi ayol N.G'. (1984 y.t., sudlanmagan, uy bekasi) sha'riy nikohdagi turmush o'rtog'ining oilasiga tegishli bo'lgan, 2,0 gektar tutzor uchun ajratilgan er maydonining 50 sotixini ukasiga berib yuborganligidan norozi bo'lib, bu haqida xat yozib qoldirgan.

    So'ng, 2 nafar voyaga etmagan farzandlari bilan tumandagi «YAngiqo'rg'on eski er» suv omboriga kelib, omborning boshlanish qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ularni cho'kib o'lganligiga ishonch hosil qilgandan so'ng, o'zini ham suvga tashlab, joniga qasd qilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

    Tergov harakatlari olib borilmoqda.