Ijtimoiy tarmoqlarda Uchko'prik tumanida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi va unda maktab o'quvchilari halok bo'lganiga oid xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg'ona viloyati IIB rasmiy munosabat berdi.
Unga ko'ra, joriy yilning 21-noyabr kuni soat 08:20 larda Uchko'prik tumani, Mehnatobod MFY hududida 2000-yilda tug'ilgan haydovchi Sh.E “Isuzu” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida to'xtab turgan haydovchi 1994-y.t. B.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to'qnashib, yo'l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, “Damas” avtomashinasi yo'lovchilari 1987-y.t. M.D va 1988-y.t. G.Q. (ayol)lar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etan. Hodisa oqibatida yana 4 nafar shaxs tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Sh.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo'llangan.