Tomonlar Ukraina kompaniyalari bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish yoʻllarini muhokama qildilar.
Janob Nikolay Doroshenko Ukraina kompaniyalaridan neft va gaz uskunalari va zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berish boʻyicha takliflarni taqdim etdi.
Uchrashuvda uglevodorod qazib olishni koʻpaytirish loyihalariga Ukraina kompaniyalarini jalb etish masalasi alohida oʻrin tutdi.
Taʼkidlash joizki, “Oʻzbekneftgaz” AJ bir necha yillardan buyon Ukrainaning uskunalarini ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilib keladi (15 dan ortiq shartnomalar), ularning aksariyati bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish korxonalarida muvaffaqiyatli ishlab kelyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.